E-huquqshunos — davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar va jarayonlarni to‘liq elektron shaklda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirishga mo‘ljallangan zamonaviy axborot tizimi.
Mazkur platforma davlat tashkilotlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi, hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini tezlashtiradi hamda yuridik xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi.
Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
• Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash
• Davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish
• Tashkilot xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish
• Davlat tashkilotlarining mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida va samarali himoya qilish
• Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjat loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish
“E-huquqshunos” elektron tizimining asosiy imkoniyatlari
Yuridik hujjatlar namunalar bazasi
Tizimga ichki buyruqlar, shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlar namunalarini joylashtirish hamda mavjud namunalar asosida yangi hujjatlar tayyorlash imkoniyati mavjud.
Shaxsiy kabinet orqali ishlash
Tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar shaxsiy kabinet orqali hujjat loyihalarini tayyorlashi, ularga tahliliy materiallar qo‘shishi va yuridik xulosa olish uchun markazlarga yuborishi mumkin.
Yuridik xulosa tayyorlash
Markazlarning mas’ul xodimlari hujjatlarni ko‘rib chiqadi, tegishli yuridik xulosa tayyorlaydi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va tizim orqali qayta yuboradi.
Avtomatik raqam berish
Markazlarning ijobiy xulosasidan so‘ng hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus yagona raqam beriladi va ular ketma-ket tartibda raqamlanadi.
Elektron hujjat almashinuvi
Tizim davlat tashkilotlari va markazlar o‘rtasida hujjatlarni tezkor va xavfsiz almashish imkonini beradi.
Faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
Tashkilotlar o‘z faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni tizimga kiritishi, tahrirlashi va elektron raqamli imzo orqali tasdiqlab yuborishi mumkin.
Ratings & Reviews
4.3
out of 5
★★★★★
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
The developer, UNICONSOFT LLC, indicated that the app's privacy practices may include handling of data as described on Google Play. For more information, see the developer's privacy policy.
Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn more
Privacy details and official information are on the Google Play store page. This site is not the official Google Play store. Learn more