Salom! Bu — Korzinka, Oʻzbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi. Qulay xaridlarning barcha afzalliklarini birgina klik masofasida his etish uchun Korzinka mobil ilovasini yuklab oling va smartfoningizga oʻrnating.
+5000 bonus barcha yangi foydalanuvchilarga
Mobil ilovada yangi virtual Korzinka Plus kartasini roʻyxatdan oʻtkazing va hisobingizga 5000 salom bonus oling. Bonuslar toʻliq roʻyxatdan oʻtganingiz zahoti avtomatik tarzda hisoblanadi — ularni jamgʻarishni boshlang yoki darhol ajoyib xaridlarga sarflang.
• Plastik kartalarsiz yagona QR kod orqali toʻlov
Istalgan bank kartasini (Uzcard, Humo, Visa yoki Mastercard) qoʻshing, Korzinka Plus kartasini ulang yoki yangisini yarating. Endi tovarlar uchun yagona QR kod orqali toʻlov qilishingiz, bonuslarni yigʻish va yechishingiz mumkin — plastik kartalarsiz. Korzinka Plus kartasi orqali bir martada 500 000 bonusgacha yechish imkoni mavjud.
• Hisobingizning 100% xavfsizligi
Dinamik QR kod har 30 soniyada yangilanadi. Shu bois ilova orqali toʻlov va bonuslardan faqat siz foydalana olasiz. QR kod bir martalik ko‘ringan taqdirda ham, uchinchi shaxslar ulangan bank va Korzinka Plus kartalaridan foydalana olmaydi.
• Soliq qoʻmitasidan avtomatik keshbek
Ilovadagi bank kartasi orqali toʻlov qilganingizda, chek ma’lumotlari Soliq qoʻmitasiga avtomatik yuboriladi — keshbek uchun ariza toʻldirish shart emas.
• Xaridlar tarixi — batafsil va shaffof
Istalgan vaqtda xarajatlaringiz statistikasini koʻring va aniq xaridlar boʻyicha virtual cheklarni PDF formatda yuklab oling. Qogʻoz chekni sozlamalarda oʻchirib qoʻyish mumkin — bu kassada vaqtni tejaydi va ekologiya tozaligiga hissa qoʻshadi.
• Korzinkaga tashrifdan soʻng xaridni baholash
Fikringiz biz uchun muhim. Ilovada xaridingizni baholang — nima yoqqani yoki nimani yaxshilash kerakligini yozib qoldiring. Barcha baholar ichki reytingda inobatga olinadi, takliflar esa Korzinka gʻamxoʻrlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
• Barcha chegirmalar va aksiyalar — bitta onlayn katalogda
Mobil ilovada amaldagi barcha chegirmalar va aksiyalarni topishingiz, kerakli mahsulotlar narxini tekshirishingiz va bugun nimani foydaliroq xarid qilish mumkinligini bilib olishingiz mumkin.
• Supermarketlar xaritasi va qulay yo‘nalish olish
Qayerda bo‘lsangiz ham, eng yaqin Korzinkani topishga yordam beramiz: yaqin atrofdagi supermarketlar manzili, ish vaqti va eng qisqa yoʻnalish ilovada mavjud.
…va bu hali hammasi emas.
Vaucher va sovgʻa kartalari balansini tekshirish, tezkor toʻlov vidjeti va boshqa koʻplab qulay funksiyalar — barchasi bitta ajoyib Korzinka mobil ilovasida. O‘zingiz sinab ko‘ring!
Ratings & Reviews
4.7
out of 5
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
The developer, Anglesey Food FE LLC, indicated that the app's privacy practices may include handling of data as described on Google Play. For more information, see the developer's privacy policy.
Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn more
Privacy details and official information are on the Google Play store page. This site is not the official Google Play store. Learn more