Assalomu alaykum hurmatli dasturimiz foydalanuvchilari!
www.arabic.uz veb sayti xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu dastur arab tili qiziquvchilari uchun ajoyib tuhfa bo‘lib, u bir nechta arab tilini o‘rgatuvchi kitoblardan iborat. Jumladan ular, «Muallimi soniy», «Tartil», «Tasrif», «Janohut tolib» va «Arab tili darsligi» kitoblaridan tashkil topgan. Dasturning yana bir yutug‘i shundaki, unda har bir kitob bo‘yicha testlar berilgan. Albatta, bu o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash uchun juda foydalidir.
Qur’oni karimni o‘rganish uchun asosiy manbalardan bo‘lgan «Muallimi soniy» va «Tartil» kitoblarida suratli va ovozli shakldagi ma’lumotlar ham berilgani o‘quvchi uchun o‘rganishni osonlashtiradi. Shuningdek, arab tili lug‘atlari ham ovozli shaklda berilgan. Bu ham yod olish va talaffuz uchun samarali vositadir.
ANDROID tizimli qurilmalarga moslangan ushbu kitob ommaga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab yoshidagi boshlang‘ich tolibi ilmlarga ham, ulug‘ yoshdagi mustaqil o‘rganuvchi kishilarga ham arab tilini o‘zlashtirishda inshaalloh xizmat qiladi.
Dastur ikki qismga: Nazariy va amaliyga bo‘linadi.
Hozirda ushbu kitobni dasturchilarimiz tomonidan ANDROID tizimining Play Market do‘koniga savol-javob tarzida joylanmoqda.
Inshaalloh kelgusida boshqa arab tiliga oid kitoblarni ham tayyorlash rejamiz bor.
Alloh O‘zi muvaffaq qilsin!
Ratings & Reviews
4.6
out of 5
★★★★★
★★★★★
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
The developer, HAYATI, indicated that the app's privacy practices may include handling of data as described on Google Play. For more information, see the developer's privacy policy.
Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn more
Privacy details and official information are on the Google Play store page. This site is not the official Google Play store. Learn more