Bu ilova butun O’zbekiston Oliy O’quv Yurtlari foydalanuvchi, HEMIS tizimining norasmiy mobil ilovasi hisoblanadi. Ilova HEMIS tizimi bilan to‘liq integratsiyalangan bo‘lib, talabaga dars jadvali, baholar, topshiriqlar, imtixonlar va boshqa muhim ma’lumotlarni tez va qulay ko'rish imkonini beradi.
🧭 Nega TalabaMan ilovasi?
TalabaMan ilovasi har bir talabaning kundalik o‘qishini soddalashtirish uchun yaratilgan: barcha zarur ma’lumotlar bitta joyda, filtrlangan va tez topiladigan qilib taqdim etiladi. Shuningdek ilova talabalar fikrlari asosida doimiy yangilanadi.
📘 Asosiy imkoniyatlar:
• Zamonaviy, minimalistik va qulay interfeys.
• Vidjetlar orqali ilovaga kirmasdan muhim ma’lumotlarni ko‘rish.
• Vazifa uchun yuklanayotgan fayl hajmini siqish — 2 MB cheklovlaridan xavotir olmang.
• Vazifa, imtixon, dars va davomat bo‘yicha push-bildirishnomalar.
• O‘qishdagi yutuqlar va baholaringizni bir joyda qulay kuzatish: umumiy progress (foiz/ball), eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlar, semestrlar bo‘yicha vizual grafiklar, fanlar bo‘yicha batafsil ballar. Statistikani istalgan semestr yoki o‘quv yiliga almashtirib ko‘rish va taqqoslash mumkin — barcha ma’lumotlar interaktiv grafik va progress barlar orqali tushunarli ko‘rsatiladi.
• Shartnoma to‘lovi holatini ko‘rish va yuklab olish.
• HEMIS web-saytiga ilova ichidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish.
• Offline rejim orqali internet mavjud bo'lmaganda ham muhim ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati.
• Ilovani PIN orqali himoyalash va biometrik (barmoq izi/yuz) orqali ham tez va xavfsiz kirish imkoniyati.
• Talabalar fikr-mulohazalariga asoslangan doimiy yangilanishlar va takomillashtirishlar.
• Va talaba uchun kerakli ko‘plab qulay imkoniyatlar!
Disclaimer: TalabaMan — bu O'zbekistondagi Oliy Taʼlim Muassasalari axborot tizimi, HEMIS dan foydalanishni osonlashtirish uchun yaratilgan mustaqil uchinchi tomon yordamchi ilovadir.
Ushbu ilova HEMIS tizimi yoki uni boshqaruvchi tashkilot tomonidan hech qanday tarzda bogʻlanmagan, rasman maʼqullanmagan yoki qoʻllab-quvvatlanmaydi. Bu HEMIS tizimining rasmiy mahsuloti EMAS. Shuningdek Google Play dagi boshqa HEMIS ilovalariga ham bog'liq EMAS.
Undan tashqari ushbu ilova har qanday davlat, hukumat yoki oliy taʼlim vazirligi tashkilotini ifodalamaydi, unga bogʻlangan EMAS yoki uning rasmiy vakili hisoblanmaydi. Ilova taqdim etayotgan barcha oʻquv maʼlumotlari (dars jadvali, baholar, kontrakt maʼlumotlari) manbasi rasmiy hemis tizimidir. Rasmiy maʼlumot manbasi: https://hemis.uz/
Ratings & Reviews
4.7
out of 5
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
The developer, Abubakir Khakimov, indicated that the app's privacy practices may include handling of data as described on Google Play. For more information, see the developer's privacy policy.
Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn more
Privacy details and official information are on the Google Play store page. This site is not the official Google Play store. Learn more