• TAKSI
Tariflarni tanlang va solishtiring
“Start” – kundalik safarlar uchun tejamkor variant. “Standart” – yuk bilan yoʻlga chiqqanlar uchun mos tarif. “Komfort” – keng salonda rohatlanib ketish uchun.
Eng tezkor
Shoshib turgan boʻlsangiz, ilovada bir nechta tarifni tanlang – xizmat sizga eng yaqin mashinani topib beradi. Bu – har bir soniya hisobda va aeroport yoki muhim uchrashuvga ulgurish kerak boʻlganida ayni muddao.
Boshqa odam uchun buyurtma
Yaqinlaringiz uchun taksi chaqiring. Buning uchun ularga internet kerak emas – buyurtma tafsilotlari SMS orqali yuboriladi.
• Market Yandex Go
Market Yandex Go – yirik maketpleys, unda siz istagan narsangizni topishingiz va buyurtma qilishingiz mumkin. Kattalar hamda bolalar uchun kiyim-kechak va poyabzal, maishiy texnika va gadjetlar, uy va taʼmirlash uchun tovarlar, oʻyinchoqlar, kitoblar, kosmetika, aksessuarlar va boshqalar. Fikrlarni oʻqing, tovarlarni solishtiring va foydali narxlar bilan eng yaxshilarini xarid qiling.
• SAMOKATLAR
Yorqin, sariq Yandex Go samokatlari. Bir hisobdan uchtagacha samokatni bandlang. Safaringiz yanada foydali boʻlishi uchun daqiqalar paketini tanlang.
• ULTIMA YANDEX GO
Premium safarlar va mualliflik restoranlaridan taomlar yetkazish xizmati.
Business va Premier tariflari – hamma narsasi yetarli boʻlgan nafis avtomobillar. Eʼtiborli haydovchilar har doim talab va istaklaringizni eshitishga tayyor. Va tafsilotlarni oʻzingizga moslash imkoniyati: telefonni quvvatlash, bir qultum suv ichish va salonda haroratni sozlash – premium xizmat hatto kichik detallarda ham namoyon boʻladi.
Shuningdek, Ultima bilan mualliflik oshxonasi bilan tanishish mumkin. Sevimli taomdan bahra olish yoki oʻzingiz uchun qandaydir yangiliklarni ochish – Ultima bilan mashhur mualliflik restoranlarining keng tanlovi. Tajribali kuryerlar taomni tez va ehtiyotkorlik bilan yetkazib beradi, maxsus qadoq esa taomning kerakli haroratini ushlab turadi.
• RESTORANLARDAN TAOMLAR VA MAHSULOTLAR
Restoranlar va doʻkonlarning keng tanlovi – KFC, Oqtepa Lavash, EVOS va boshqalar. Tezkor yetkazish bilan uyingiz yoki ishingizga buyurtma qiling.
• TEZKOR YETKAZISH
Yetkazish xizmati quloqchinlaringizni taʼmirlash ustaxonasidan olib kelishi yoki hamkasbingizga hujjatlarni yetkazib berishi mumkin. Kuryer taxminan 15 daqiqada oldingizda boʻladi, yetkazib berish vaqti esa bir soatdan oshmaydi. Divan yoki karavot kabi yirik buyumlarni yetkazish kerak boʻlsa, kuryer oʻrniga yuk mashinasi yordamga kelishi mumkin – Yetkazish kerakli oʻlchamdagi mashinani topish va yukchilarni chaqirishga yordam beradi.
• YANDEX PLUS OBUNASI
“Start”, “Komfort” va “Komfort+” safarlaridan keshbek ballarini oling, shuningdek, restoranlardan sevimli taomlaringizni bepul yetkazish imkoniyati bilan buyurtma qiling. Yandex Plus obunasi bilan turli Yandex xizmatlarida tejab qolishingiz mumkin. 1 ball = 1 soʻm
• TRANSPORT
Avtobuslar, tramvaylar, elektropoyezdlar va boshqa transportlarning jadvalini koʻring, marshrutlarni solishtiring, eng yaqin bekatlar va transportni qulay almashtirish imkoniyatlarini qidiring. Hozircha barcha shaharlarda ham ishlamaydi.
• JOYLAR
Spa salonga yozilish yoki kechki ovqat uchun restoran tanlash – Joylar xizmatida kerakli muassasani topish oson. Goʻzallik salonlari, fitnes klublar, massaj studiyalari, klinikalar, mehmonxonalar – ilovaning oʻzida muassasa bilan bogʻlaning.
• SEYF
Taom, safar, yetkazishni buyurtma qiling – va buning evaziga hadyalar oling. Har hafta “Seyf“ boʻlimida vazifalar roʻyxati chiqadi – ularni bajaring va kalitlarni toʻplang. Kerakli miqdor toʻplanishi bilan hayda solingan seyfni ochish mumkin! Seyf qanchalik murakkab boʻlsa, hadya shunchalik ajoyib boʻladi.
• LAVKA
15 daqiqada yetkazib beriladigan xizmat bilan barcha kerakli narsalarni Lavka orqali buyurtma qiling. Lavka – hududingizdagi onlayn doʻkon. Unda deyarli hamma narsa bor: mahsulotlar, tayyor taom, maishiy buyumlar. Shuningdek, oʻz pishiriqlari, qahva, shirinliklar va boshqa mahsulotlari bor – “Iz Lavki” boʻlimida.
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
The developer, Mikromobilnost LLC Belgrade, indicated that the app's privacy practices may include handling of data as described on Google Play. For more information, see the developer's privacy policy.
Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn more
Privacy details and official information are on the Google Play store page. This site is not the official Google Play store. Learn more