Ushbu kitob o'z oldiga maqsad qo'yishni, ishonch tuyg'usini mustahkamlashni, turli sinovlarni engib o'tishni, izlanishni o'rgatadi. Shuningdek, maxsus bilimlar, aql-zakovat, oldinga intilish haqida keng tushuncha beradi. Kitob boy fikrlash, orzu-istaklar ustidan hukmron bo'lish, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan. Siz hayotda qanday qilib maqsadga etish va qat'iyatli bo'lishning aniq rejasini topasiz. Bu esa sizga har bir ishda sizga qo'l keladi. Kitobda ko'plab insonlar hayotidan olingan ibratli misollar keltirilgan. Unda fikr kuchi, g'ayrat-shijoat, baxt-saodatga erishish yo'llari, muvaffaqiyatning oddiy sirlari bayon etilgan. Omad sari undovchi tamoyillar, yo'nalish, qoidalar bilan boyitilgan. Aniq maqsadni belgilab, unga tomon chalg'imay borish uchun nimalar qilish kerakligi muxtasar aytib o'tilgan.
Kitob va uning muallifi Napoleon Hill - o'yla va bo'l kitobi haqida:
Siz dunyodagi eng mo‘jizali ta’sir ko‘rsatuvchi kitoblardan birini o‘qiysiz. Ushbu kitobdan boy bo‘lishning sinovdan o‘tgan rejasini topasiz. U qanday qilib ishga kirishish to‘g‘risida hikoya qilib beradi. Hayoti davomida insonga olg‘a qadam tashlash, o‘z baxt-saodatini yaratish va boylikni ko‘paytirish uchun nimalar yordam beradi, boshqalar, hatto bu ishni boshlamagan damlarda qay tarzda ko‘maklashadi - kitobda ana shu haqda so‘z boradi.
Mazkur kitob muvaffaqiyatlar sirini ochib beradi hamda harakatlar rejasini tavsiya etadi. U 1937 yildan boshlab AQShda 42 marta bosilib chiqqan va qisqa muddatda sotilgan.
Kitobning har bir bo‘limida yuzlab odamlarga boy bo‘lishga yordam beruvchi sirlar haqida hikoya qilinadi. Xill ko‘p yillar davomida ularning martabaga erishish yo‘llarini tahlil etish bilan band bo‘lgan.
Ratings & Reviews
3.8
out of 5
★★★★★
★★★
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
The developer, Kitoblar Olami, indicated that the app's privacy practices may include handling of data as described on Google Play. For more information, see the developer's privacy policy.
Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn more
Privacy details and official information are on the Google Play store page. This site is not the official Google Play store. Learn more