Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni
mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd
bo'lsin. Darhaqiqat, “dunyoga ustunman” degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu
qaysarlarga va'da haq bo'ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan
qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va
bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldilar.
Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh
bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ihra qoldilar.
Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo'lsa, u
bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi!
“Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan
birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!” (Maryam surasi, 98-oyat)2
.
Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O'limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va'dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar
uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi.
Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham
Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la!
Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ihra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad
alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin!
O'lim - qismati, kabr - qarorgohi, tuprok - to'shagi, Munkar va Nakir - suxbatdoshi,
qurt-qumursqalar - ulfati, yer osti - xosxonasi, mahshargoh - va’dalashgan joyi, jannat
yo do‘zax - so‘nggi manzili bo‘lgan har bir kishining fikru zikri - o‘lim, tadbiru tadorigi
xam o‘lim uchun bo‘lishi tabiiy. Uning butun diqqat e'tibori o'limga qaratilgan, qo'rqinch
va quvonchi ham o‘limdan, u o‘limga muntazir. U nafsini o‘liklar qatorida sanab, o‘zini
qabrda ko'radi. Chunki keluvchi narsa doimo yaqin, kelmaydigani esa uzoqdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar:
“Nafsini tergaydigan va o‘limdan keyingi ishlarni o‘ylab amal qiladigan kishi asl
ziyrakdir".
Qalbda neki ko‘p yod etilsa, u narsaning kelishiga hozir turish oson kechadi.
Nimanidir qayta-qayta eslab turish uchun esa, uni esga soluvchi ishoratlarga doimo
diqqatni qaratish, unga rag‘bat uyg‘otuvchi narsalar xususida jiddiy mulohazani tark
etmaslik lozim..
Kitob muallifi: Imom G'azzoliy
Manba: www.ziyouz.com kutubxonasi
Ratings & Reviews
4.5
out of 5
Accessibility
The developer has not yet indicated which accessibility features this app supports. Learn More
The developer, Iqbol, indicated that the app's privacy practices may include handling of data as described on Google Play. For more information, see the developer's privacy policy.
Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn more
Privacy details and official information are on the Google Play store page. This site is not the official Google Play store. Learn more